Vashingtonda AQShning 41-prezidenti katta Jorj Bush bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “MK.ru”.
Bush bilan vidolashishga kelgan mamlakatning hozirgi prezidenti Donald Tramp marhumga harbiychasiga “chest” berdi. U, shuningdek, 5-dekabrni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.
Jorj Bushning tobuti Xyustondan olib kelindi va Kapitoliyning markaziy zaliga joylandi. Tashrif buyuruvchilar kichik Jorj Bush va uning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va Amerika tarixi afsonasi bilan vidolashdi.
Odamlar Katta Jorj Bush nomidagi Xyuston aeroportiga gullar olib bormoqda.
Izoh (0)