3-dekabr kuni TIV (Tashqi ishlar vazirligi)da O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Muvaqqat ishlar vakili Alan Meltser bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Suhbatda Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston – Amerika hamkorlik masalalari, jumladan turli sohalarda qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq qilishning amaliy jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodning O‘zbekistonga tashrif muddati va kun tartibi ham muhokama qilindi.
Izoh (0)