Toshkentda kelgusi hafta boshida o‘ninchi Ijtimoiy media-mahsulot festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
10-dekabr kuni jyuri festival ishtirokchilari va mehmonlari hozirligida online-ovoz berish yo‘li bilan g‘olibni aniqlaydi. Jyuri eng yaxshi videoroliklarni uchta nominatsiyadan kelib chiqib tanlaydi: “O‘zbekiston turistik maskan — Welcome to Uzbekistan”, “Mazali O‘zbekiston — Taste me”, “O‘zbekiston madaniyat maskani va qadimiy O‘zbekiston — Must see”.
Birinchi o‘rinlarni egallagan uch nafar finalchining ishlari festival Gran-prisi — Spark avtomobili uchun bellashadi.
Eng yaxshi ishlarni aniqlash uchun maxsus ekspert guruhi shakllantirilgan.
Festivalda, shuningdek, xorijiy ishtirokchilarning roliklari ham qabul qilinadi. Eng yaxshi xorijiy ishtirokchi uchun bosh mukofot O‘zbekiston bo‘yicha VIP-tur bo‘ladi.
Hozirda tanlov tashkiliy qo‘mitasi 40 dan ortiq ishni qabul qildi. Arizalar kelib tushishda davom etmoqda.
Izoh (0)