2018-yil 4-dekabr. Yandex O‘zbekistonda “Musiqa” ni ishga tushirdi. Endi o‘zbekistonlik foydalanuvchilar o‘n millionlab treklarni bepul tinglashlari va hayotning turli holatlariga mos pleylistlarni baholashlari mumkin. iOS va Android qurilmalari ilovalarida, musiqani internetsiz va yuqori sifatda tinglash mumkin - buning uchun to‘lovli obuna kerak bo‘ladi.

Aynan ishga tushirilishidan avval, Yandex Music katalogi O‘zbekiston uchun aktual bo‘lgan musiqa bilan to‘ldirildi, xizmat interfeysi esa o‘zbek tiliga o‘girildi. Yandex Music nashriyoti O‘zabekistonda mashhur bo‘lgan qo‘shiqlardan bir nechta pleylistlar tayyorladi. Masalan, ular orasida: “Oqshom kechasi uchun raqsbop o‘zbekcha musiqa”“Go‘zal o‘zbek musiqasi”“Sharqona vizualizatsiya” yoki “O‘zbekcha pozitiv” pleylistlari bor.

Katalogda chet ellik ijodkorlarning mashhur qo‘shiqlaridan tashqari, ko‘plab mashhur o‘zbek qo‘shiqchilarining ashulalarini ham topish mumkin. Ulug‘bek Rahmatullayev, Rayhon, Shahzoda, Sarvar va Komil, Shoxrux, Munisa Rizayeva, Shohruhxon, Sevara Nazarxon va boshqalar shular jumlasidandir. Ilovaning asosiy sahifasida esa, O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan qo‘shiqlarning yangilanib turadigan “charti” paydo bo‘ldi.

Yandex Music insonlarga o‘zlari uchun doimo yangi qirralarni ochishlarida yordam beradi. Xizmat ichida istalgan mashg‘ulot uchun musiqa topish mumkin. Bundan tashqari, xizmat kayfiyatga qarab musiqa tanlash imkoniyatiga ham beradi. Masalan, hordiq uchun pleylistni yoki yugurish uchun akkompanementni tanlash mumkin.

“Yandex Music – Rossiyada mashhur bo‘lgan musiqa xizmat. Bizni 20 milliondan ortiq foydalanuvchilar tanlashadi. Biz, O‘zbekistonda iloji boricha ko‘proq aholi bizning ustunliklarimizni baholay olishlarini istaymiz va O‘zbekistonda ham Rossiyadagi kabi ommalashishga umid bo‘glaymiz” – deb takidladi Yandex Music’ning Xalqaro rivojlantirish bo‘yicha boshlig‘i Amir Biktimirov.

Yandex Music’ga Apple Store yoki Google Play’da obuna bo‘lish mumkin. Obuna narxi bir oy uchun 1,99$ (16500 so‘mga yaqin) ni tashkil etadi.

Yandex Music — Yandex kompaniyasining O‘zbekistonda ishga tushirilgan birinchi xizmati emas. 2018-yil 4-apreldan boshlab mamlakatda Yandex.Taxi xizmati, 2018-yil 15-noyabrdan esa Yandex.Mahalla xizmatlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida