Peterburg Vasileostrovskiy tuman sudi o‘zbekistonlik N.A.ni 3 yil-u 8 oylik umumiy rejim koloniyasiga hukm qildi, deb yozadi “Repost”.
N.A. o‘g‘lini 7-sentabr kuni dunyoga keltirgan, shundan besh kun o‘tib, uni 275 ming rublga (taxminan 4 ming AQSh dollari) sotgan. IIV xodimi xaridor sifatida chiqqan.
Ayol aybini tan oldi va moddiy ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli farzandini sotmoqchi bo‘lganligini ma’lum qildi. Pullar unga qarzlarini qaytarish va O‘zbekistonga qaytishi uchun kerak bo‘lgan. Ayol Rossiya JK 127.1-moddasi 2-qismi “b” va “z” bandlari bilan aybdor deb topilgan.
Izoh (0)