Rossiyaning Crocus Group xoldingi Qirg‘izistonning O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi o‘tkazish punktlari qurilishini 2019-yil o‘rtalarida yakunlaydi. Bu haqda kompaniya prezidenti Araz Agalarov ma’lum qildi, deb yozadi “Sputnik”.
Agalarovning so‘zlariga qaraganda, xolding maxsus qurilmalar, jumladan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va veterinar-sanitar ekspertiza uchun laboratoriyalari bo‘lgan ko‘p sonli o‘tkazish punktlarini qurmoqda.
“Ba’zi joylarda chegaralar juda shartli, qurilishni boshlaganimizda qo‘shni davlatlardan kelib, chegara bu yerda emasligini ma’lum qilgan holatlar bo‘lgan. Qurilishni bir necha marta siljitishimizga to‘g‘ri kelgan”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Agalarovning so‘zlariga qaraganda, shartnoma qiymati 7 milliard rubl (105 million dollar) atrofida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2017-yilda davlat chegarasi to‘g‘risidagi oraliq kelishuvni imzolagan edi.
Izoh (0)