Aktrisa Dilnoza Kubayeva 2017-yilda bo‘lib o‘tgan “PROlogue — 2017” festivalining tantanali yopilish marosimida boshlovchilik qilgan edi. Aktrisa “PROlogue — 2018” xalqaro kinofestivalida ishtirok etmadi.

Foto: “Daryo”

Aktrisa Dilnoza Kubayeva “PROlogue — 2018” xalqaro kinofestivalida ishtirok etolmagani sabablarini jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

“PROlogue — 2018” xalqaro kinofestivali tashkilotchilari festivalga taklif etishdi, borish niyatim ham bor edi, ammo festivalning birinchi kunida ya’ni 27-noyabr kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida spektaklda rol ijro etishim kerak edi. Shu boisdan festivalning ochilish marosimida ishtirok eta olmadim. Festivalning to‘rtinchi kunida esa, bolam og‘ir betob bo‘lib qoldi, shuning uchun yopilish marosimiga ham bora olmadim.

Dilnoza Kubayeva, aktrisa