Eron Yevropa Ittifoqi uning neftini 2015-yilgi kelishuvga muvofiq xarid qilmasa, uran boyitishni qurollanish darajasigacha qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda mamlakat Atom energetikasi tashkilotining raisi Ali Akbar Salehi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Neftimizni sota olmasak, moliyaviy operatsiyalardan foydalanmasak, mazkur kelishuvga rioya qilish biz uchun foydali bo‘ladi deb o‘ylamayman”, — dedi u.
Yevropa Ittifoqi AQSh sanksiyalari tahdid qilganligi sababli Eron neftini xarid qilishdan cho‘chimoqda. Vashington Eronga qarshi sanksiyalarni yana joriy etdi. Ular eksportga daxl qilganligi sababli “qora oltin”ning narxlari tushib ketdi.
Izoh (0)