2018-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati ko‘rib chiqildi va turli jabhalardagi O‘zbekiston—Iordaniya munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Jumladan, 2019-yilda birinchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish hamda savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tuzilmalarni birgalikda tashkil etish, ikki davlat ishbilarmon doiralarining aloqalariga tizimlilik tusini berish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi hamorlikka, Iordaniya turistlarining O‘zbekistondagi islomiy qadamjolarni ziyorat qilishi uchun qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)