Fransiyaning Ales shahrida 29-noyabr kuni ayol kishi bank bo‘linmasiga bostirib kirib, o‘zida bo‘lgan portlovchi qurilmani ishga tushirish bilan tahdid qildi. Bu haqda Fransiyaning France Bleu radiostansiyasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Radiostansiyaning ma’lum qilishicha, ayol hammani portlatib yuborish bilan tahdid qilmoqda. Uning o‘zini bunday tutishi sabablari ma’lum qilinmagan.
Hodisa joyiga maxsus topshiriqli bo‘linma yetib kelgan.
Izoh (0)