28-noyabr kuni Namangan shahrida “To‘ylar” aksiyasi tashkil etildi. Unda ikkita nikoh hamda 12 ta xatna to‘yi o‘tkazib berildi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash vazifalari yangi tashkil etilayotgan “Vaqf” fondi zimmasiga yuklangan edi.
“Vaqf” fondi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini nikoh va aqiqa to‘ylarini o‘tkazib berish bo‘yicha “To‘ylar” nomli aksiya e’lon qilingan edi.
Izoh (0)