BMT va ShHT o‘rtasidagi aloqalar yuksalmoqda, BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik kengaymoqda. Bu haqda 26-noyabr, dushanba kuni ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Rashid Alimov BMT shtab-kvartirasiga tashrifi ishchi dasturi doirasida BMT kotibiyatidagi Dag Xammarshyeld (1953—1961-yillarda BMT bosh kotibi) nomidagi kutubxonaga tashrif buyurdi va uning jamg‘armasiga ShHT xartiyasining oltita rasmiy tildagi maxsus nashri, shuningdek, rus va xitoy tillaridagi “Shanxay hamkorlik tashkiloti: shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari” kitobini taqdim etdi.
“BMT va ShHT o‘rtasidagi aloqalar yuksalish bosqichida, BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorlik yil sayin kengaymoqda, dunyoning Shanxay hamkorlik tashkilotiga qiziqishi ortmoqda, shuning uchun BMT Markaziy kutubxonasida ShHT haqida hikoya qiluvchi materiallarning mavjud bo‘lishi muhimdir”, — dedi bosh kotib xartiyani taqdim etish marosimida.
Izoh (0)