Qozog‘iston fuqarosi, mashhur biznesmen Oskar Xartmann “Maxfiy millioner” realiti-shousida ishtirok etdi, deb yozadi “Zakon.kz”.
Biznesmen realiti-shou doirasida Arxangelsk viloyatining muhtoj aholisiga besh million rubldan ortiq pullarni tarqatdi.
Loyiha qoidalariga ko‘ra, muvaffaqiyatli tadbirkorlar va biznesmenlar o‘z xohishi bilan badavlat hayotdan voz kechib, pullar va aloqalarsiz Rossiya shaharlariga yo‘l oladi. Ular realiti-shou davomida yordamga muhtoj odamlarni topib, ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishi kerak.
Severodvinskda millioner Oskar Xartman o‘zini germaniyalik kambag‘al fermer sifatida ko‘rsatishi kerak edi. U notanish shaharda kun kechirish uchun issiqxonada ishlab, ko‘chada uxlashga majbur bo‘ldi. U daydi ko‘rinishida yurib, pulga muhtojlarni uchratish va ularga yordam berishga erishdi.
Izoh (0)