Joriy yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida farmonni imzoladi, deb yozadi Madaniyat vazirligi axborot xizmati.

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida respublikaning har bir tumani va shaharida aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirish va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamliy ishlar amalga oshirilmoqda.

“Obod qishloq” dasturi asosida Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani, Gagarin shahrida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasi tubdan yangilandi, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari barpo etildi.

Bugun barpo etilgan uy-joylar tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi. Ochilish marosimi kansert dasturiga ulandi.

Dasturda O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Turdiyev (Alisher Fayz), xonanda Bahrom Nazarovlar ishtirok etdi.

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati