Amerikalik reper Kanye Uest 2 qavatli Boeing 747 samolyotini sotib oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Foto: Google Images

Havo kemasining suratlari reperning rafiqasi Kim Kardashyanning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilindi.

Samolyotda bir nechta yotoqxona, dam olish xonasi, shuningdek sport zali ham bor.

Kim Kardashyan safar davomida mashqlarni tashlab qo‘ymasligi uchun bortga o‘zi bilan birga fitness-murabbiyni ham olib chiqqanini ma’lum qilgan.