Fotograf Eshli Gilbertson UNICEF uchun suvdan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash maqsadida Hindistondan Boliviyagacha bo‘lgan oraliqda oltita mamlakatni kezib chiqqanda, odamlardan ular kuniga qancha suv sarf qilishi haqida so‘ragan. Keyin esa fotograf o‘z qahramonlarini plastik idishlar bilan suratga olgan, deb yozmoqda National Geographic.
Fotografning aniqlashicha, ba’zan ayollar va bolalar eng yaqin suv manbaiga yetib borgunicha bir necha kilometrni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Water.org xayriya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda ayollar va bolalar suv olib kelish uchun har kuni umumiy hisobda 125 million soat sarflaydi.
Izoh (0)