2018-yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bryussel shahrida Belgiya bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Didye Reynders bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda hamkorlikni, jumladan O‘zbekiston—Yevropa ittifoqi shaklidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga asosiy e’tibor bergan holda ikki tomonlama munosabatlar ko‘rib chiqildi.
Belgiya tomoni BMT Xavfsizlik kengashining 2019—2020-yillardagi doimiy bo‘lmagan a’zolari saylovida O‘zbekistonning Belgiya nomzodiga ovoz bergani uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Suhbatda ikki tomon ham savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni chuqurlashtirishga muhim ahamiyat berishi ta’kidlandi. O‘zbekiston tomoni iqtisodiyotning tekstil, elektrotexnika sanoati, qurilish industriyasi kabi sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda Belgiya ishbilarmon doiralarining faollashuvini qo‘llab-quvvatlaydi.
Uchrashuvda ekologiya, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.
Izoh (0)