Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada raqs tushib so‘ng avtomobilning oldi qismida o‘tirib olgan qizlarning videosi tarqalgan edi.

Foto: Telegram

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida ushbu qoidabuzar shaxslarning kimligi aniqlandi. Biroq hozircha ularning ismlari sir saqlanmoqda. Bugun mazkur masala yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahrida viloyat IIB va mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.