Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar pregabalin va tramadol sotuvchilarni yechintirib, kechirim so‘rashga majbur qilgani aks etgan rolik tarqaldi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.

Kadr: Mover

Kadr ortidagi ovozga ko‘ra, samosudni uyushtirgan yigitlar ikki erkakni jamiyatga qarshi jinoyatda ayblagan. Jarayon boshdan-oyoq videoga olingan, yechintirilgan erkaklarning bo‘ynida esa kechirim so‘ralgan yorliqlar osilgan.

Lirika sotuvchilarni Amir Temur xiyoboniga olib chiqib, sazoyi qilish bilan tahdid etilgan.

Mazkur rolik huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortgani bildirilmoqda.