11-dekabr kuni O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasida Niderlandiya Qishloq xo‘jaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi bilan birgalikda Almer shahrida mamlakatning agrar oziq-ovqat sektori imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Seminar maqsadi agrar oziq-ovqat sektorida ishlayotgan ishtirokchilarga O‘zbekistondagi voqealar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berish. Bundan tashqari Qishloq xo‘jaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi rejalari, Gollandiya qishloq xojaligi savdo missiyasini 2019-yil martda Toshkent shahriga jo‘natish va O‘zbekiston poytaxtidagi eng muhim qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida Gollandiya pavilionini 2019-yil iyunda tashkil etish to‘g‘risida seminar ishtirokchilari xabardor qilinadi.
Izoh (0)