Facebook tarmog‘idagi guruhlardan birida hazil video joylashtirildi, deb yozadi Sputnik.

Foto: Sputnik

Videoda internet foydalanuvchisi o‘zining “ilmiy” ixtirosi bilan o‘rtoqlashgan. U pul daraxtini yetishtirgani, unda barglar o‘rniga pullar o‘sib chiqqanligini ma’lum qildi.

“O‘simlikning yangi seleksiya turi – maxfiy tajribadir”, — deydi u.

Yaqin kelajakda u dollar daraxtini ham yetishtirmoqchi, biroq bu tadqiqotlar sir saqlanishini ma’lum qildi.

Internet foydlanuvchilari videoni samimiy qarshi oldi. Ayrimlar yevro va funt daraxtlarini ham yetishtirishni maslahat bergan.