Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining yangi binosi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
U yerda 65 shifokor, 91 o‘rta ma’lumotli xodim mehnat qiladi. Markaz tizimidagi muassasalarga joriy yilda 30 nafarga yaqin oliy ma’lumotli mutaxassis ishga qabul qilindi.
Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining yangi binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda shular haqida aytildi. Markaz binosi qurilishiga 3,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari O. Hamroyev ishtirok etdi.
Izoh (0)