“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va ko‘p tarmoqli Bitfury blokcheyn kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston davlat sektoriga mazkur texnologiyani joriy etishga qaratilgan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi, deb yozadi O‘zA.
Bitfury kompaniyasi mamlakat davlat organlari faoliyatiga blokcheyn asosida ilovalar yaratishga mo‘ljallangan Exonum ochiq boshlang‘ich kodli freymvork joriy etishga yordam beradi.
“Biz ishni davlat uchun istiqbolli hisoblangan masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan sinov loyihalarini joriy etishdan boshlaymiz”, — deydi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining texnologiyalar bo‘yicha investitsion direktori B.Oqilxonov.Bitfury kompaniyasi tomonidan Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston va AQShdagi davlat loyihalarida foydalaniladigan Exonum blokcheynlarini yaratish uchun freymvork ishlab chiqildi. Mazkur hujjat barcha uzel va bloklari oldindan ma’lum bo‘lgan xavfsiz va ishonchli blokcheynlarni yaratish imkonini beradi.
Bunda Exonumda yaratilgan blokcheyn faqat ushbu tizim ishidan manfaatdor bo‘lgan validator uzellarini hisoblash quvvati yordamida ishlaydi. Muayyan uzellarda oldindan ochilgan xususiy blokcheyn boshlang‘ich kodni keskin modifikatsiya qilish imkoniyati va ochiq blokcheynlarga xos boshqa muammo hamda nosozliklarni bartaraf etadi. U ommaviy blokcheynlarga qaraganda ancha tez ishlaydi, ya’ni bir soniyada bir necha mingta tranzaksiyalarga ishlov beradi.
“Raqamli transformatsiya davlat organlari faoliyati shaffofligining yangi darajasi, qaror qabul qilishda tezlik va blokcheyn olish imkonini beruvchi imkoniyatlarni to‘liq ishga solishni talab etadi, — deydi Bitfury Russia kompaniyasi bosh direktori D.Ufayev. — Biz muhim davlat jarayonlari texnologiyalarini modernizatsiyalash sohasida ‘Raqamli ishonch’ jamg‘armasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz”.
Izoh (0)