Toshkentdagi Respublika Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida “Yilning eng faol kutubxonachisi“ respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
Ushbu ma’rifiy-ijodiy loyihaning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, sohaga doir chora-tadbirlarni tizimli, samarali amalga oshirish, axborot-kutubxonachilik bo‘yicha fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarni aniqlash va ularning ijobiy ish tajribasini ommalashtirishdan iborat.
Mazkur tanlov axborot-kutubxona xodimlarining ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, ko‘zi ojizlar kutubxonalari xodimlarini rag‘batlantirish, ularning kasbiy mahoratini oshirish, alohida ehtiyojli fuqarolarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishda innovatsion texnologiyalarni kengroq qo‘llashga xizmat qiladi.
Tanlovda O‘zbekistonning turli hududlaridagi ko‘zi ojizlar kutubxonalarining xodimlari ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati vakili Mirolim Marahimov birinchi o‘ringa munosib topildi. Jizzaxlik Hayitgul Ismatova ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rin buxorolik kutubxonachi Bobur Rajabovga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)