12—15-noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) osmonida shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

Foto: “O‘zgidromet”

12—13-noyabr kunlari respublika hududi bo‘ylab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) kutiladi. Shamol 18—23 m/soniyagacha kuchayishi, 25—28 m/soniyagacha shiddatga yetishi mumkin.

13—15-noyabr kunlari respublika hududi bo‘ylab havo harorati kechasi 2—7 daraja sovuqqacha, kunduzi 0—5 daraja iliqqacha pasayadi. Shimolda esa kechasi 8—13 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.