Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan, markazga kelishga imkoni bo‘lmagan keksa va nogiron fuqarolarga kerakli davlat xizmatlari xanodoniga borib sayyor tartibda ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazmoqda, deya xabar berdi O‘zA.
Joriy yilning 7-noyabr kuni davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi “Nurli keleshek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 88-uy manzilida 1935-yil tug‘ilgan 83 yoshni qarshilagan Xudoyor ota Kurbanniyazovga o‘z oila a’zolari bilan yashab kelayotgan xonadoniga mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.
Xudoyor ota Kurbanniyazov o‘z xonadonida oilasi bilan 25 yil davomida yashab kelayotgan edi.
Mahmud Abdullayev II guruh nogironi, 24 yil davomida “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi”da elektr texnik xodim bo‘lib ishlagan. Fuqaro o‘z uy joyini qurishda tegishli ruxsatnoma olmasdan noqonuniy qurilganini bilishi, o‘z mulkiga huquqiy jihatidan egalik qilish uchun bundan ikki uch yillar oldin bir necha bor hokimlikka ham qatnaganini, ammo natijasi bo‘lmaganini ta’kidlab, keyinchalik bu ishlar qolib ketganligini ta’kidladi.
— Bugun mana Davlat xizmatlari markazi xodimlari o‘zlari kelib holimizdan xabar olib, ko‘p yillardan buyon o‘zining yechimini topmasdan turgan muammolarimizni ijobiy hal qilinishida ko‘rsatayotgan xizmatlaridan xursandmiz, bugungidek sharoit va imkoniyatlar uchun yurtboshimizdan minnatdormiz – deydi Mahmud Abdullayev.
Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan uyma-uy yurgan holda targ‘ibot ishlari olib borilib, 100 dan ortiq ma’lumotlar oddiy qilib ifodalangan huquqiy axborot beruvchi o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha tayyorlangan maxsus bukletlar tarqatildi.
Targ‘ibot ishlarining bir kunining o‘zidayoq mazkur “Nurli keleshek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 16 ta o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha arizalar qabul qilib olindi.
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari targ‘ibot ishlari davomida jismoniy nuqsoni bor insonlarning xonadonlariga borib xizmat ko‘rsatmoqda