Xitoyning Dunfan shahrida o‘z ishini boshlagan “SHHT yoshlari ekstremizm va terrorizmga qarshi” mavzusidagi assambleyada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Delegatsiya 9—11-noyabr kunlari yoshlar assambleyasida o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashib, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Eron, Belarus, Mo‘g‘ulistondan kelgan hamkasblari bilan birga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish borasida tajriba almashadi.Tadbirning birinchi kunida yoshlar assambleyasining ochilish marosimi va “ShHT modeli” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

Foto: Yoshlar media markazi

ShHTning terrorizmga qarshi kurashish hududiy bo‘linmasi barcha ishtirokchi davlatlar va ularning manfaatdor tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, birgalikda hududiy tinchlikni ta’minlashga rahna solayotgan tahdidlarga qarshi kurashishga tayyor ekanligi ma’lum qilindi. Mazkur masalaning o‘ta muhimligini inobatga olgan holda, ekstremizm va terrorizmning oldini olishga qaratilgan milliy va hududiy ittifoqlarning tashkil etilishiga kompleks yondashish taklif etildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Konferensiyada ishtirokchi mamlakatlar ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha o‘z takliflarini bermoqda.