O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyada Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligi munosabati bilan o‘tadigan marosimlarda ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik ma’lum qildi.

Foto: AFP

Asosiy tadbirlar 11-noyabr kuni Parijning “Zafarlar arkasi” yaqinida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Senatining raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchilik qiladi.

Marosimlarda 120 dan ortiq davlat rahbarlari va yuqori martabali mehmonlar, BMT va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shu kunning o‘zida Parij tinchlik forumi o‘z ishini boshlaydi.