Netflix Redyard Kiplingning “Jungli kitobi”ga asoslangan “Maugli” sarguzasht filmi (Mowgli: Legend of the Jungle) treylerini taqdim etdi, deb yozadi Meduza.

Foto: “24SMI”

Film “Uzuklar hukmdori” filmidagi Gollum roli bilan mashhur aktyor va rejissor Endi Serkis tomonidan suratga olingan. Bo‘rilar voyaga yetkazgan Maugli rolini aktyor Roen Chand ijro etdi. Filmda paydo bo‘luvchi hayvonlarga Benedikt Kamberbetch (yo‘lbars Sherxon), Kristian Beyl (Bagira) va Keyt Blanshett (ilon Kaa) ovoz bergan.

Netflix iyul oyida Warner Bros. kompaniyasidan “Maugli” uchun huquqni sotib olgan edi. 29-noyabr kuni film Los-Anjeles, Nyu-York, San-Fransisko va Londonning ba’zi kinoteatrlarida namoyish etiladi. 7-dekabrdan uni Netflix’da butun dunyo bo‘ylab ko‘rish mumkin.