Toshkent viloyatidagi Chirchiq poligonida O‘zbekiston milliy gvardiyasi maxsus batalyoni tezkor guruhi tomonidan taktik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Foto: UzNews

Taktik guruh o‘quv mashg‘uloti davomida shartli dushman tomonidan joylashtirilgan qurollarni aniqlash va yo‘q qilish, terrorchilar guruhi tomonidan qo‘lga olingan ko‘p qavatli uylar aholisini qutqarish mashqlarini o‘tkazdi. Dala mashg‘ulotlari jarayoni “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan videolavha shaklida namoyish etildi.

Mashqlar yakunida natijalar tahlil qilingani qayd etilgan.