Ukraina bosh prokuraturasi O‘zbekiston hukumati ekstraditsiya qilishni talab etgan o‘zbek jurnalisti Narzullo Oxunjonovni O‘zbekistonga topshirishni rad qildi. Bu haqda Amnesty International tashkilotining Ukrainadagi vakolatxonasi ijrochi direktori Oksana Pokalchuk o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Kun.uz”.

Foto: “Kun.uz”

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oxunjonov ozodlikka chiqarilgan va rasman qochoq maqomini olgan.

O‘zbekiston hukumatini tanqid qilgan jurnalist 2013-yilda mamlakatni tark etgandi. U Ukrainadan siyosiy boshpana so‘raganidan so‘ng Turkiyadan Kiyevga oilasi bilan uchib kelganida, 2017-yil 25-sentabrda hibsga olingandi.

Sud qarorida Oxunjonovning hibsga olinishiga uning O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani asos bo‘lganligi aytilgandi.

Foto: Facebook