Lion Air aviakompaniyasi samolyoti suvga urilgandan so‘ng parchalanib ketgan, bortda portlash yuz bermagan. Bu haqda Indoneziya Transport xavfsizligini ta’minlash qo‘mitasi rahbari ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Soyerdjanto Tadjaxononing so‘zlariga qaraganda, katta tezlikda suv yuzasiga urilganlikka xos bo‘lgan samolyot bo‘laklarining parchalari va ularning atrofga sochilish radiusi ana shunday xulosani keltirib chiqaradi.
U, shuningdek, samolyotning suvga qulaganligi haqida guvohlarning ko‘rsatmalari borligini qo‘shimcha qildi. Samolyot dvigateli esa suv bilan to‘qnashuvga qadar normal rejimda ishlagan.
Izoh (0)