3-noyabr kuni Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim baxshilardan yozib olinmagan xalq dostonlari unutilib ketayotgani haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda “Turon24” xabar bermoqda.
“Dehqonobod tomonda juda talantli baxshilar bor. Ular aytadigan dostonlar haligacha yozib olinmagan. ‘Alpomish’ dostonining boshqacha versiyasini eshitdim. Agar dostonlar yozib olinib, kitob qilib chiqarilmasa, o‘zbek folklorining bir qismi yerga sochib yuborilgan bo‘ladi. Folklor shu xalqning boyligi”, — dedi Usmon Azim.
Uchrashuvda universitet talabalari va ijodkor yoshlar ishtirok etdi.
2000-yili Usmon Azim ssenariysi asosida ikki qismdan iborat “Alpomish” badiiy filmi suratga olingan. “Alpomish” dostonining kinotalqini uchun muallif Buxoroda o‘tkazilgan kinofestivalda maxsus mukofotni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)