Rossiya arxitektura durdonalarining miniatyuralaridan tashkil topgan Kaliningrad bog‘i AQSh sanksiyasiga tushdi, deb yozadi EADaily.
Bunga skverda Qrimning “Qaldirg‘och uyasi” diqqatga sazovor joyi nusxasining o‘rnatilishi sabab bo‘ldi.
“Dasturchilarimiz miniatyuralar bog‘i uchun ‘Audiogid’ ilovasini ishlab chiqdi. Uni Google play va App store’ga yuklay boshlashdi. Shunda Apple kompaniyasi bizda Qrim taqdim etilganligi sababli Rossiya tarixi haqidagi miniatyuralar bog‘i, ya’ni bizni sanksiya ostida degan fikrga keldi. Ularning xatidan shuni ko‘rish mumkinki, bizga muammoni hal etish uchun (Qrimni olib tashlashimizni istashayapti, shekilli) 14 kun vaqt berilgan, aks holda ilova bloklanadi”, — deydi loyiha investori Aleksandr Vetoshkin.
Kaliningraddagi miniatyuralar bog‘i 2017-yilning yozidan faoliyat yuritmoqda.
Izoh (0)