Yava dengizida Lion Air aviakompaniyasining halokatga uchragan Boeing samolyotining fyuzelyaji topildi. Bu haqda Indoneziyaning Detik News nashri xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.
“Fyuzelyaj topilgan, biroq u deyarli parchalab ketgan”, — deydi Indoneziya harbiy-dengiz floti qo‘mondonlaridan biri kontr-admiral Yudo Margono.
Yava dengizidan, shuningdek, dvigatel parchasi va Boeing shassisi g‘ildiraklaridan biri topilgan. Avvalroq u yerdan halokatga uchragan samolyotning “qora qutisi” topilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti 29-oktabr kuni Jakarta aeroportidan parvoz qilgandan 13 daqiqa o‘tib, Yava dengiziga qulagan edi.
Izoh (0)