Toshkentda Microsoft kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Xalq ta’limi vazirligi va uning tarkibidagi tashkilotlar xodimlari uchun Project Management Resource Kit (PMRK) mavzusida seminar o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Tadbir O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ta’lim sohasini takomillashtirish, tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida tashkil etildi.
Buyuk Britaniyalik soha xodimlari ta’lim sohasidagi mutaxassis va rahbarlarga katta loyihalarni samarali tarzda amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalarini berdi. Shuningdek, asosiy e’tibor loyihalarning boshqaruv tuzilmasini tuzish, ta’lim sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan rejalarni kelajakda qanday natija berishining tahlilini yaratish va hayotga qanday tatbiq etish usullari kabi mavzularga qaratildi.
Seminarda xalq ta’limi sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihalarning boshqaruv tuzilmasini tuzish, shuningdek, xalqaro tajribalarni o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)