Vatikanning Rimdagi elchixonasi binosiga qo‘shimcha qurilmalardan birini ta’mirlash davomida odam suyagi parchalari topildi. Bu haqda Muqaddas ibodatxona matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Elchixonaga Vatikan jandarmeriyasi xodimlari yetib kelgan va topilma haqida Muqaddas ibodatxona vakillari va Italiya rasmiylarini xabardor qilgan.
Rim bosh prokurori Juzeppe Pinyatone elchixonaga kriminalist-ekspertlarni yubordi. Ular halok bo‘lgan odamning yoshi, jinsi va o‘lim vaqtini aniqlashi lozim.
Taxminlardan biriga ko‘ra, jasad Rimda 1983-yilda g‘oyib bo‘lgan ikki voyaga yetmagan qizlardan biriga tegishli bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)