Italiyada noqulay ob-havo qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Odamlarning halok bo‘lishi asosiy sababi shamol tufayli qulagan daraxtlar va ko‘chkilar ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Avvalroq kuchli shamol ta’sirida mamlakat shimoli-sharqidagi Rapallo kurortida himoya devorlari qulab tushganligi ma’lum qilingan edi. Oqibatda to‘lqin yaxtalarni cho‘ktirib yuborgan va port hududiga jiddiy zarar yetkazgan.
Izoh (0)