Belgiyada Liviya yetakchisi Muammar Qaddafiyga tegishli bo‘lgan va 2011-yilda muzlatib qo‘yilgan bir nechta hisobdan 3 milliarddan 5 milliardgacha bo‘lgan mablag‘ g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda BMT hisobotiga tayanib, RTBF telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.
Mazkur hisobotga ko‘ra, hisoblardan to‘rtta bankdan biriga qo‘yilgan omonatlar bo‘yicha foizlar “g‘oyib bo‘lgan”. BMT pullar mamlakatdagi turli jinoiy guruhlar uchun qurol xarid qilish yoki boshqa noqonuniy faoliyatga (noqonuniy migratsiya, odam savdosi) sarflangan bo‘lishi mumkinligidan xavotir olmoqda.
Deputat Jorj Jilkinaning so‘zlariga qaraganda, Belgiya BMTning hisoblarni muzlatish haqidagi qaroriga rioya etish majburiyatini zimmasiga olgan, biroq o‘z majburiyatlarini bajarmagan ko‘rinadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsiy surishtiruvini boshlagan. Tergovchilar pullar qayerga g‘oyib bo‘lganligini aniqlashga urinmoqda.
Izoh (0)