O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Qirg‘iziston madaniyati kunlari ishtirokchilari Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mehmonlar dastlab Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Qo‘shni davlat madaniyat xodimlari Amir Temur maqbarasi, Registon maydonida bo‘ldi, ularning tarixi bilan qiziqdi. Bu yerda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar ishini, ular yaratayotgan mahsulotlarni kuzatdi.
Tadbir doirasida “Sharq yulduzi” kinoteatrida qirg‘iz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Qurbonjon Dodxoh” badiiy filmi namoyish etildi. Madaniy dastur Samarqand viloyat musiqali drama teatrida To‘xtag‘ul Sotilg‘onov nomidagi Qirg‘iziston Davlat filarmoniyasining milliy folklor dasturi va qirg‘izistonlik san’atkorlarning konserti bilan yakunlandi.
Izoh (0)