AQShning Skripps okeanografiya instituti ixtiyorida shu vaqtgacha olimlar tomonidan yaratilgan dunyodagi eng g‘aroyib tadqiqot kemasi mavjud. Korpusining uzunligi 108 metr bo‘lgan mazkur kema qisman cho‘kib, vertikal holatda tura oladi. Kemaning ichki jihozlari uning xodimlari uchun har qanday holatda qulay qilib loyihalashtirilgan. TravelAsk mazkur kemaga e’tibor qaratdi.
FLIP ilmiy-tadqiqot kemasi 1962-yilda suvga tushirilgan. U turli okeanografik tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan, xususan, seysmik to‘lqinlarni va okeandagi shovqinlarni, issiqlik almashish jarayonlarini va boshqa ko‘plab holatlarni o‘rganish. Kema bugungi kunda ham muvaffaqiyatli ishlamoqda.
FLIP mustaqil harakatlana olmaydi va boshqa bir kema uni shatakka olib tadqiqot joyiga olib boradi. Kema holatini barqarorlashtirish uchun langardan foydalaniladi.
Eng g‘aroyibi kema ichidagi jihozlarning joylashishi hisoblanadi. Deyarli barcha jihozlar ikki xil holatga ega va kemaning vertikal yoki gorizontal holatda ekanligiga qarab moslasha oladi. Bundan tashqari, har bir xonada perpendikulyar holatda joylashgan ikkitadan eshik bor.
Izoh (0)