AQSh va Fransiya prezidentlari Donald Tramp va Emmanuel Makron telefon orqali muzokaralarida hamkasbi Vladimir Putin bilan O‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomaning bundan keyingi taqdirini muhokama qilishga kelishib oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
AQSh, prezident fikricha, Rossiya kelishuvni buzayotganligi sababli shartnomadan chiqish istagida.
“Moskvada shartnoma kelajagi haqida yaqinda bo‘lib o‘tgan Amerika—Rossiya konsultatsiyalari davomi sifatida respublika prezidenti va uning hamkasbi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lajak konsultatsiyalar maqbulligi haqida kelishib oldi”, — deyiladi Yelisey saroyi matbuot xizmati xabarida.
Bayonotda, shuningdek, ikki mamlakat rahbarlari Suriyadagi hodisalarni muhokama qilganligi va Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish uchun fikr bildirganligi ta’kidlanadi.
Izoh (0)