25-oktabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISЕF) va Qozog‘iston hukumati tomonidan tashkil etilgan Birlamchi tibbiy va sanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu global konferensiya dunyoning barcha mamlakatlarida sifatli va sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini yaxshilashga yordam beradi. Unda barcha mamlakat vakillari sog‘liqni saqlashning umumiy qamrovi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun birlamchi tibbiy yordamga investitsiyalarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratishmoqda. Zero, birlamchi tibbiy yordamga sarmoya kiritish sog‘liqni saqlash ko‘lamini yanada yaxshilash va tizim qamrovini kengaytirish uchun eng samarali, iqtisodiy va adolatli strategiyadir. Konferensiyada har bir qit’a va davlatlarda birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Ikki kun davomida konferensiya dasturi doirasida oliy darajadagisessiyalar, turli tadbir va ko‘rgazmalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)