Rossiyaning Leningrad viloyatida Toksovo posyolkasi rahbari Andrey Kojevnikov, shuningdek uning sherigi — shu posyolka deputati Mixail Kucheryaviy qo‘lga olindi. Andrey Kojevnikov yirik miqdorda pora olishda gumonlanmoqda, deb yozadi “MK.ru”.
Mansabdor shaxslar ular ortidan quvayotgan politsiyachilardan yashirish maqsadida 300 ming rublni yo‘lga uloqtirgan.
Leningrad viloyati Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 21-oktabr kuni kechqurun Kojevnikovga pora tariqasida 300 ming rubl berilgan. U Toksovoda kanalizatsiya-tozalash qurilmalarini tiklash bo‘yicha bajarilgan ishlar aktlarini imzolash evaziga ikki million rubl olmoqchi bo‘lgan.
Pullar Mixail Kucheryaviyga berilgan, uni Volvo XC90 avtomobilida Kojevnikov kutib turgan. Mashinaga iqtisodiy politsiya tezkor xodimlari yaqinlashganda, mansabdorlar qocha boshlagan. Politsiya ularni ta’qib qilgan.
Mansabdor va deputat qochish bilan birga pullarni yo‘lga uloqtira boshlagan. Qochoqlar ushlangan, politsiyachilar esa yarim tungacha maxsus tarkib tomonidan belgi qo‘yilgan banknotalarni to‘plashga majbur bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)