Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi uchun javobgarligi isbotlansa, Fransiya ushbu mamlakatga qarshi sanksiyalar joriy etadi. Bu haqda Fransiya hukumati rasmiy vakili Benjamen Grivo bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Mazkur ishlar bo‘yicha faktlar aniqlanib, razvedka xizmatimiz tomonidan tasdiqlanmaguniga qadar bir qarorga kelmaymiz”, — dedi u Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi chog‘ida.
“Boshqa tomondan, bu narsa xizmatlarimiz tomonidan aniqlanib, oydinlashtirilsa, Saudiya Arabistonining javobgarligi isbotlansa, biz xulosalar qilamiz va sanksiyalar joriy etamiz”, — qo‘shimcha qildi Grivo.
Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi Washington Post gazetasi (AQSh) sharhlovchisi bo‘lib, 2017-yildan buyon AQShda istiqomat qilardi. U 2-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kirganidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi.
20-oktabr kuni Saudiya Arabistoni bosh prokurori Qoshiqchi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiyani oshkor etdi. Ish yuzasidan 18 kishi ushlanib, so‘roq qilindi.
Fransiya birinchilar qatorida Qoshiqchining o‘ldirilishini qoralab chiqdi.
Izoh (0)