Yaponiyalik kimyogar va biolog Osamu Simomura 90 yoshida vafot etdi. U yashil fluoressent oqsildan foydalanishni kashf etganligi va rivojlantirganligi uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini olgan. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Simomura 2008-yilda ikki amerikalik olim — Rojer Tsyen va Martin Chalfi bilan birga nufuzli mukofotga loyiq deb topilgan. U tadqiq qilgan Aequorea victoria meduzasining yashil fluoressent oqsili hozirda hujayrada oqsil miqdorini aniqlash uchun o‘zidan nur chiqaruvchi belgi sifatida xizmat qiladi.
Simomura 1928-yilda Fukutiyama shahrida dunyga kelgan va Nagasakida o‘qigan. U yerda 1945-yilning avgustida yadro bombardimonini boshdan kechirgan.
Izoh (0)