15 yildan buyon Qirg‘iziston davlat yuridik akademiyasi talabalari aynan bir xil muammoga duch kelmoqda, deb yozadi “Kaktusmedia”.
Vatan tarixi o‘qituvchisi Omurzakov Sait Omurzakovich (80 yosh) 2004-yilda Qirg‘iziston tarixi haqida kitob chiqargan. Undan tasdiqlanmagan faktlar va yolg‘on mulohazalar ham o‘rin olgan.
Istalgan talaba Omurzakovning “Chingizxon, Lenin va Gitler qirg‘iz, Vladimir Ulyanovning haqiqiy familiyasi esa Ulanov ekanligi” haqidagi so‘zlarini tasdiqlaydi.
Omurzakovning hamkasblari u ikki marta insultni boshdan kechirganligini ma’lum qilgan. Shuningdek, unda xotira bilan bog‘liq muammolar kuzatiladi, biroq OTM ma’muriyati u “universitet oqsoqoli” ekanligi sababli uni lavozimidan olmasligini bildirgan.
Ta’lim vazirligi 2004-yilda ushbu kitobni talabalarga tavsiya qilganda qaysi tamoyillarga tayanganligini faqat taxmin qilish mumkin.
Izoh (0)