Davlat soliq xizmati sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini berish hamda soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Mazkur xizmatlardan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga murojaat qilinadi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Soliq to‘lovchilarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish quyidagi bosqichlardan iborat:
Izoh (0)