Mirzacho‘l tumani “Bog‘bon” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi sobiq “Qozoq musiqali drama teatri” binosi homiylik asosida kapital ta’mirlanib, “O‘zbek—Qozoq madaniyat markazi”ga aylantirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan mazkur markaz qoshidagi to‘garaklar faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 15 turdagi musiqa cholg‘ulari taqdim etildi.
Ushbu musiqa cholg‘ularini viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Farhodov Kamol Jamolovich markaz xodimlariga tantanali ravishda topshirdi.
Markaz xodimlari ushbu binoni zamonaviy tarzda ta’mirlab va jihozlab bergan barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida ushbu markazda O‘zbekiston Respublikasi ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan ajoyib san’atkorlar yetishib chiqishida astoydil mehnat qilishini aytib o‘tdi.
Mazkur markaz tez kunlarda tantanali ravishda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)