Jahon banki Indoneziyaga zilzila va sunamidan jabrlanganlarga yordam, shuningdek, tabiiy ofatlardan ogohlantirish infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun bir milliard dollar taqdim etadi. Bu haqda bankning 14-oktabr kungi bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Mablag‘larni Indoneziya hukumatidan tegishli so‘rov kelib tushgan istalgan vaqtda olish mumkin”, — deyiladi xabarda.
Bayonotda “ajratilayotgan yordam tabiiy ofatlarni oldindan ogohlantirish tizimlarini modernizatsiya qilish, infratuzilma, shuningdek, yashash uchun muhim obyektlar — suv ta’minoti tizimi, shifoxonalar, maktablar va boshqalarni tiklash uchun sarflanishi mumkin”ligi ta’kidlanadi.
Izoh (0)